Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

IIB xodimini pichoqlagan shaxsni ushlashga ko‘maklashgan fuqaro mukofotlandi

IIB xodimini pichoqlagan shaxsni ushlashga ko‘maklashgan fuqaro mukofotlandi

Joriy yilning 19-may kuni Toshkent shahar Yunusobod dehqon bozorida xizmat olib borayotgan PPX inspektori safdor Izzatbek Ibragimov shubhali tutgan fuqaroni to‘xtatib tekshirmochi bo‘lganida, u yonidagi o‘tkir tig‘li buyum bilan xodimning hayotiga suiqasd qilib, bo‘yin qismiga tan jarohati yetkazgani aqida xabar berilgan edi. 

Poytaxt IIBB matbuot xizmati voqeaning qo‘shimcha tafsilotlarini hamda jinoyatchini tutishda ishtirok etganlarning rag‘batlantirilganini ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, jinoyatchi voqea joyidan yashirinish maqsadida shu atrofda bo‘lgan avtobusga qo‘lidagi pichoq bilan chiqib olgan. Hududda xizmat olib borayotgan Patrul-post xizmati xodimlari katta serjant Samat Karjanbayev, safdor Sardor Abzalov va profilaktika inspektori leytenant O‘ktam Normamatovlar tezkorlik bilan fuqarolar xavfsizligini ta’minlab, avtobusdan yo‘lovchilarni evakuatsiya qilishgan. So‘ng xavfli jinoyatchini maxsus vositalar va jismoniy kuch ishlatish yo‘li bilan zararsizlantirib qo‘lga olishgan.

Ushbu jarayonda IIO xodimlariga fuqaro Vladimir Avdiyans ham faol yordam berib, o‘zining fuqarolik burchini sidqidildan bajargan.Mazkur holat Ichki ishlar vazirligi tomonidan alohida e’tirof etildi.

Toshkent shahar IIBBda tantanali ravishda bo‘lib o‘tgan tadbirda fuqaro V.Avdiyansga «Ichki ishlar vazirligining minnatdorchiligi» e’lon qilinib, 10 million so‘m miqorida pul mukofoti bilan taqdirlandi.

Ichki ishlar vazirining tegishli buyrug‘iga asosan serjant S.Karjanbayev, safdor S.Abzalovlar «A’lo xizmatlari uchun» ko‘krak nishoni bilan, leytenant O‘.Normamatov rag‘batlantirish tariqasida muddatdan oldin «katta leytenant» maxsus unvoni bilan taqdirlandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring