Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Endi ID-karta yoki haydovchilik guvohnomasi bilan ham bank xizmatlarida foydalanish mumkin

Endi ID-karta yoki haydovchilik guvohnomasi bilan ham bank xizmatlarida foydalanish mumkin

Foto:«Xabar.uz»

«O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartirishlar kiritish haqida»gi qarori davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

Hujjatga asosan ID-karta yoki milliy haydovchilik guvohnomasidan foydalangan holda ham bank xizmatlaridan foydalanishlari mumkinligi belgilandi.

Eslatib o‘tamiz, 2020-yil 22-sentyabrdagi «O‘zbekiston Respublikasida identifikatsiya ID–kartalarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-6065-sonli Farmoniga asosan 2021-yildan boshlab identifikatsiya ID-kartalarini berish tizimi joriy etilgan.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring