Ibrohim Raisi ShHT davlatlarini dollardan voz kechishga chaqirdi
Eron prezidenti Ibrohim Raisi G‘arb ta’siridan chiqib ketish uchun AQSh dollaridan voz kechishga chaqirdi. Bu haqda u ShHTga a’zo davlatlar rahbarlari kengashining onlayn yig‘ilishida aytib o‘tdi.
«G‘arbning gegemonligiga AQSh dollarining gegemonligi yordam beradi. Yangi iqtisodiy tizim yaratish uchun undan voz kechib, davlatlar o‘rtasidagi hisob-kitoblarda milliy valyutalardan foydalanish kerak», — degan Raisi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakat mintaqada transport yo‘laklarini yaratish bo‘yicha Rossiya bilan hamkorlikni kengaytirish niyatida.
Shuningdek, Eron rahbari ShHTga a’zolik respublikaga iqtisodiy rivojlanish imkoniyatini berishini qo‘shimcha qildi.
Bundan tashqari, Raisi ShHTga qabul qilingani uchun Eron hukumati va xalqi nomidan tashkilotga minnatdorchilik bildirdi.
Eslatib o‘tamiz, kecha Eronning Shanxay Hamkorlik Tashkiloti (ShHT)ga rasman a’zo bo‘lgani e’lon qilindi
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter