Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hukumat huzuridagi Atamalar komissiyasi faoliyati takomillashtiriladi

Hukumat huzuridagi Atamalar komissiyasi faoliyati takomillashtiriladi

Vazirlar Mahkamasining Atamalar komissiyasi faoliyatini takomillashtirishga doir qarori loyihasi e’lon qilindi.

Qaror loyihasi Atamalar komissiyasi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari bilan bog‘liq asosiy masalalarni hal etish, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atamalar komissiyasining ekspertlar guruhini qayta ko‘rib chiqish, Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti Atamalar komissiyasining ishchi organi etib belgilash, Atamalar komissiyasining tarkibi, Atamalar komissiyasining nizomini qayta ko‘rib chiqib, tasdiqlashga yo‘naltirilgan.

Atamalar bo‘yicha ishchi guruhlar taklif qilingan yangi so‘z va atamalarni ilmiy o‘rganish, ekspertizadan o‘tkazish, tegishli takliflarni ishlab chiqish, saytda e’lon qilish, muhokamalarda kelib tushgan takliflarni umumlashtirish, ularni o‘rganish, institut ilmiy kengashida ko‘rib chiqish uchun takliflarni tayyorlash, ilmiy kengashda ko‘rilgan yangi so‘z va atamalarni Atamalar komissiyasiga taqdim etishga tayyorlash kabi vazifalarni bajarishga mas’ul etib belgilanadi.

Shuningdek, ular ekspertizadan o‘tkazilgan yangi so‘z va atamalarni jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qiladi va natijalari bo‘yicha Atamalar komissiyasi tomonidan tasdiqlangan yangi so‘z va atamalarni jamoatchilikka e’lon qiladilar. Ya’ni, yuqoridagi tartibda ilmiy asoslangan yangi so‘z va atamalar rasmiy iste’molga kiritiladi.

Bundan tashqari normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarida adabiy til qoidalari va normalariga, shuningdek, yuridik, texnik va boshqa maxsus qoidalarga rioya etilishini ta’minlanadi.

Boshqa tillarning qoidalari tufayli kelib chiqishi mumkin bo‘lgan nomuvofiqliklarni normativ-huquqiy hujjatlar normalariga ziyon yetkazmagan holda tahrir qilinadi.

O‘zbek tiliga kirib kelayotgan yangi atamalarni qonunchilik hujjatlariga joriy etish va amalda qo‘llashni tartibga solishning rivojlanish yo‘nalishlarini aniqlanadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring