«Hududgazta’minot» AJning hududiy filiallariga joriy yil 1-10 dekabr kunlari aholi uchun 19,5 ming tonna suyultirilgan gaz yetkazib berildi – «O‘zbekneftgaz»
«O‘zbekneftgaz» AJ tasarrufidagi neft va gaz qazib va ishlab chiqarish boshqarma va korxonalari tomonidan suyultirilgan gaz mahsuloti «Hududgazta’minot» AJ ga yuklash rejasi ortig‘i bilan bajarilmoqda.
Joriy yilning 1-10-dekabr holatiga «O‘zbekneftgaz» AJning ishlab chiqaruvchi zavod va boshqarmalar tomonidan Respublika aholisi uchun «Hududgazta’minot» AJning hududiy gaz ta’minot filialari orqali aholiga 19,5 ming tonna suyultirilgan gaz yetkazib berildi. (belgilangan reja ko‘rsatkichiga nisbatan 1,8 ming tonna ko‘p yoki 110,2%).
Ma’lumot uchun: Joriy yilning dekabr oyida aholiga «Hududgazta’minot» AJga 55,0 ming tonna yuklab berish belgilangan.
Respublika hududida havo haroratining pasayishi davrida iste’molchilarga suyultirilgan gazni uzluksiz bir maromida yetkazib berilishini ta’minlash maqsadida doimiy ishchi guruxi tuzilgan va tunu-kun ishlamokda.
«O‘zbekneftgaz» AJ Matbuot xizmati
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter