Hozirgi va kelajakdagi «rastamojka»: chetdan mashina olib kirish qanchaga tushadi? (video)

Taxminan 2 yil avvalgi chetdan O‘zbekistonga mashina olib kirish bo‘yicha ayrim narsalar o‘zgargan. O‘zgarish asosan aksiz solig‘ining yo‘qolishi bilan bog‘liq. Narxga katta ta’sir qiladigan ham aynan shu edi, hozir bu yo‘qolgan.
Ammo uning o‘rniga yaxshigina utilizatsiya yig‘imi bor. Umuman olganda, aytarli hech nima o‘zgarmagan. Chetdan mashina olib kirish uchun bojxona qiymatidan tashqari yana shuncha miqdorda pul to‘lashga majbursiz.
Alohida qayd etish kerak, bunday bojlar hamma davlat uchun ham bir xil emas. Masalan, Rossiyadan bemalol rastamojkasiz olib kirsangiz bo‘ladi. Bojxonachilarda ana shunday davlatlardan 49 tasining ro‘yxati bor. Agar shu ro‘yxatdagi mamlakatlardan avtoulov sotib olsangiz, qimmatga tushmaysiz.
Ammo boshqa hollarda 2 baravardan ortiq boj va soliq to‘lashga majbur bo‘lasiz. Yaqin kelajakda bojxona boji 2 baravar arzonlashtirilishi mumkin. Ammo deyarli katta o‘zgarish bo‘lmaydi.
Zed News kanali hozirgi va kelajakdagi rastamojka miqdorini hisoblab, ikkalasining farqini ko‘rib chiqdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter