Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Homilador ayollarga bepul tibbiy xizmat ko‘rsatishga doir yangi tartib ishlab chiqilishi kerak

Homilador ayollarga bepul tibbiy xizmat ko‘rsatishga doir yangi tartib ishlab chiqilishi kerak

Joriy yilning so‘nggiga qadar homilador ayollar va bolalarga hududidan qat’i nazar, kafolatlangan bepul tibbiy xizmatdan foydalanish imkoni yaratiladi.

Bu haqda 2023-yil 20-iyundagi «Ma’muriy islohotlar doirasida sog‘liqni saqlash sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-197-son  qarorda gap boradi.

Mazkur hujjatning 5-ilovasida sog‘liqni saqlash sohasida islohotlarni chuqurlashtirish va tizim faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha «yo‘l xaritasi» tasdiqlangan. Unga ko‘ra, onalik va bolalikni muhofaza qilishni kuchaytirish maqsadida joriy yil 1-avgustga qadar ularning salomatligini muhofaza qilish bo‘yicha uch yillik dastur ishlab chiqiladi.

Shuningdek, 2023-yil yakuniga qadar:

  • Bolalar, o‘smirlar va homilador ayollarni 7 turdagi vitamin va minerallar bilan bepul ta’minlash.
  • Homilador ayollar va bolalarga hududidan qat’i nazar, kafolatlangan bepul tibbiy xizmatdan foydalanish imkonini yaratish.
  • Onalik va bolalikni muhofaza qilish yo‘nalishida takrorlanuvchi xizmat turlarini optimallashtirish ishlari olib boriladi.

Ma’lumot uchun, ushbu tadbirlar davlat budjetidan ajratilgan mablag‘lar hisobiga amalga oshiriladi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring