Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hokimlik ish yurituvchisi 8000 AQSh dollari bilan qo‘lga tushdi

Hokimlik ish yurituvchisi 8000 AQSh dollari bilan qo‘lga tushdi

Foto: IIV JQBB KvaIJQKB

Jizzax viloyatining Paxtakor tumani «Paxtakor» mahallasi, Gulbahor ko‘chasi, 144-uyda yashovchi S.A 2020-yilning 19-avgust kuni Jizzax viloyati IIBga ariza bilan murojaat qilgan. Bu haqda IIV JQBB KvaIJQKB xabar bermoqda.

U o‘z arizasida joriy yilning 17-avgust kuni o‘zini Jizzax viloyati, Zafarobod tumani hokimining qurilish ishlari bo‘yicha o‘rinbosari «Ma’mur» deb tanishtirgan shaxs, «Bo‘ston» mahallasi hududida 40 sotix bo‘sh yer maydoni borligini, ushbu yerga to‘yxona qurilishi uchun tuman hokimining qarorini chiqartirib berishini aytib, evaziga undan 12 000 AQSh dollari talab qilayotganligini bayon qilib, «Ma’mur» ismli shaxsga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

Mazkur arizaga asosan, shu kuni IIV JQBB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi va Jizzax viloyati IIB JQB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Jizzax viloyatining Zafarobod tuman hokimligi ish yurituvchisi lavozimida ishlovchi M.B S.A dan talab qilgan 12 000 AQSh dollaridan 8000 AQSh dollari miqdoridagi pullarni olgan vaqtida ushlanib, undan ashyoviy dalil sifatida 8000 AQSh dollari hamda arizachi S.A ga tegishli bo‘lgan fuqarolik pasporti nusxasi olingan.

Ushbu holat yuzasidan to‘plangan hujjatlar Jizzax viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasiga qonuniy chora ko‘rish uchun topshirilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring