Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hokimlarning yangi maslahatchilari bo‘ladi

Hokimlarning yangi maslahatchilari bo‘ladi

Foto: «Xabar.uz»

«Turizm sohasini sanitariya-epidemiologik xavfsizlikning kuchaytirilgan rejimi talablariga qat’iy rioya qilgan holda rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» Prezident qarori (PQ–4755-son, 19.06.2020-y.) qabul qilingani xabar qilingandi.

Qarorga muvofiq, turistlar uchun «Uzbekistan. Safe travel GUARANTEED» sanitariya-epidemiologik xavfsizlik tizimi joriy etiladi.

Turoperatorlar tomonidan xorijiy turistlarga xizmat ko‘rsatish karantin davrida faqat ushbu tizimning xavfsiz ob’yektlari reyestriga kiritilgan turizm va yondosh infratuzilma ob’yektlarida tashkil qilinadi.

Xorijiy turistlarga xizmat ko‘rsatuvchi ob’yektlarda tizim majburiy tartibda joriy etiladi.

Qarorga ko‘ra:

  • O‘zbekiston hududida tashkil etilgan sayohat davomida xorijiy turistlar koronavirus (COVID-19) infeksiyasini yuqtirib olgan taqdirda, ularga 3 ming AQSh dollari miqdorida kompensatsiya to‘lovlarini to‘lab berish mexanizmlarini joriy qilgan holda Xavfsiz turizm jamg‘armasi tashkil etiladi.
  • Koronavirus pandemiyasi va global inqirozli holatlarning mamlakat turizm sohasiga salbiy ta’sirini kamaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqiladi.
  • 2020-yilda ushbu chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasidan kamida 10 milliard so‘m mablag‘ ajratiladi.

Shuningdek, qaror bilan Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasiga bir qator qo‘shimcha vazifalar yuklandi. Qo‘mita, jumladan, suv omborlari va o‘rmon xo‘jaliklarida turizm turlarini rivojlantirish bo‘yicha qabul qilingan Hukumat qarorlari ijrosini monitoring qiladi.

Qaror bilan quyidagi lavozimlar joriy etildi:

  • Andijon, Jizzax, Qashqadaryo, Namangan, Navoiy, Sirdaryo, Surxondaryo, Farg‘ona viloyatlari va Toshkent shahar hokimining turizm va sportni rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi;
  • Toshkent, Samarqand, Buxoro va Xorazm viloyatlarida hokimning turizmni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimi o‘rniga tegishlicha turizm va sportni rivojlantirish masalalari bo‘yicha hokim o‘rinbosari.
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring