Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hokim qanday «qovun tushirgan»di, vazir-chi?

Hokim qanday «qovun tushirgan»di, vazir-chi?

Foto: Prezident matbuot xizmati

Kechagi selektorda Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev va Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonovga hayfsan berilganidan xabaringiz bor.

Gap shundaki, o‘tgan kungi selektorda Prezidentning «shaharda qancha  kasal bor?», «uyda davolanayotgani-chi?», «Simptomsizi nechta?» mazmunidagi savollariga poytaxt rahbari javob berolmagan (Sog‘liqni saqlash vaziri ham ayni mazmundagi savollar oldida ojiz qolgan!). Aksincha, Jahongir Obidovich «yo karantin qilaylik, yo iqtisodiyotni ishlataylik» mazmunida gapirib, davlat rahbarining ensasini qotirgani aytiladi.

Qisqasi, shu va shu kabi holatlar sabab kecha Toshkent shahri va Toshkent viloyatidagi pandemiya bilan bog‘liq vaziyat muhokamasi uchun alohida selektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda prezident poytaxtdagi ahvolni «sharmandalik» deb  baholadi. Hokim va vazir intizomiy javobgarlikka tortildi.

Mavjud holatdan kelib chiqilsa, ikki amaldorga berilgan jazo ular uchun jiddiy ogohlantirish ekanini ilg‘ash qiyin emas.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring