Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hojiboy Tojiboyev asarlaridan foydalanish uchun litsenziya tuzish kerak bo‘ladi

Hojiboy Tojiboyev asarlaridan foydalanish uchun litsenziya tuzish kerak bo‘ladi

Endilikda marhum san’atkor, so‘z ustasi Hojiboy Tojiboyevning asarlaridan foydalanishda ma’lum cheklov amal qiladi.

«San’atkor, ijodkor va ijrochilarning mualliflik huquqlarini himoya qilish palatasining sa’yi-harakatlari tufayli badiiy so‘z ustasi Hojiboy Tojiboyevning merosxo‘rlari huquqlarini himoya qilish maqsadida uning asarlaridan noqonuniy foydalanishga chek qo‘yildi.

Endilikda uning asarlaridan mutlaq foydalanish huquqi «Milliy TV» telekanali va «Oriat Dono» radiosi tomonidan litsenziya asosida amalga oshiriladigan bo‘ldi. Bu mualliflik huquqini himoya qilishda ulkan qadamdir», deyiladi San’atkor, ijodkor va ijrochilar palatasi xabarida.

«Biz barcha tele va radiokanallarni respublikamiz mualliflari, shuningdek, xorijiy muallif va ijrochilar huquqlarini buzmaslik uchun mualliflik huquqi egalari, jumladan, Palata bilan asarlardan foydalanish uchun litsenziya shartnomasi tuzishga chaqiramiz», deyiladi xabar yakunida. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring