Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hindistonning Chandrayan-3 raketasi Oyga yo‘l oldi

Hindistonning Chandrayan-3 raketasi Oyga yo‘l oldi

Hindistonning Chandrayan-3 kosmik kemasi Andxra-Pradesh shtatidagi Shrixarikota shahridan havoga ko‘tarildi, deb xabar bermoqda ndtv nashri. Agar raketa oyga muvaffaqiyatli qo‘nsa Hindiston Rossiya, AQSh va Xitoydan keyin Oyga «tashrif buyurgan» to‘rtinchi davlatga aylanadi. Chandrayan-3 parvozi Hindiston kosmik tadqiqotlar tashkiloti (ISRO) tomonidan efirga uzatildi.

Chandrayaan-3 stansiyasi uchta komponentdan iborat – qo‘nuvchi, harakatlantiruvchi tizimga ega modul va oyga rover. Ularning asosiy vazifasi sayyoralararo missiyalar uchun zarur bo‘lgan texnologiyalarni namoyish etish va sinovdan o‘tkazishdan iborat.

Qurilma Oy orbitasiga kirgandan so‘ng uning qo‘nish moduli Oy yuzasiga yumshoq qo‘nishni amalga oshirishi kerak bo‘ladi, so‘ngra turli tadqiqot uskunalari bilan jihozlangan rover platformani tark etadi va Yerning tabiiy yuzasini kimyoviy tahlil qilishni boshlaydi. Og‘irligi 20 kg bo‘lgan oy roverining missiyasi 14 Yer kuniga mo‘ljallangan. Bu esa Oydagi bir kunga teng.

Oyga qo‘nishga urinish 2019-yilda Chandrayan-2 doirasida amalga oshirilgan edi. Ammo aloqa muammolari tufayli mutaxassislar sayyoralararo stansiyadan ajratilgan qo‘nish modulini tuzata olmadilar, natijada u Oy yuzasi bilan to‘qnashib ketgan.

Chandrayan-2 orbitada va Yerning tabiiy sun’iy yo‘ldoshi bo‘yicha ilmiy ma’lumotlarni yig‘ishda davom etmoqda. Chandrayan-3 esa bunday orbital vazifani o‘z ichiga olmaydi. Koinot kemasining Yerdan Oygacha bo‘lgan sayohati bir oy davom etishi taxmin qilinmoqda va uning yerga qo‘nishi 23 avgustda kutilmoqda.  

2008-yilda Hindistonning Oyga birinchi «tashrifi» paytida topilgan topilma dunyoni hayratga solgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring