Hindistonlik baliqchi bir kunda boyib ketdi

Hindistonning Odisha (avvalgi nomi Orissa) shtatida yashovchi baliqchining ovi baroridan kelib, bir kunda boyib ketdi, deb xabar berdi KalingaTV.
Baliqchining to‘riga bir yo‘la 29 ta gorbil balig‘i tushib, hammasini bir kunda pulladi. Baliqlar jami 3,3 mln rupiy (salkam 40 ming dollar)ga sotilgan.
Omadli baliqchi xoldor gorbillar to‘dasiga Digha daryosi deltasida duch kelgan. «To‘rga bir yo‘la 29 ta baliq tushgan — bunaqasi kamdan-kam uchraydi. Har biri 20 kilodan og‘irroq bo‘lgan», — deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter