Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hindistonda yuzaga kelgan suv toshqinlari oqibatida kamida 28 kishi halok bo‘ldi

Hindistonda yuzaga kelgan suv toshqinlari oqibatida kamida 28 kishi halok bo‘ldi

Shimoliy Hindistonda kuchli musson (asosan tropik mamlakatlarda sodir bo‘ladigan, uzoq muddatli kuchli mavsumiy yog‘ingarchilik) yomg‘iri natijasida yuzaga kelgan suv toshqinlari, ko‘chkilar va binolarning qulashi oqibatida kamida 28 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda TASS xabar bermoqda.

Yomg‘ir poytaxt Nyu-Dehli va bir qator shtatlarni, jumladan Himachal-Pradesh, Uttarakxand, Panjob, Haryana, Rajastan va Jammu va Kashmirni qamrab olgan.

Ximachal-Pradesh shtatida kuchli to‘xtovsiz yog‘ingarchilik besh kishining fojiali o‘limiga sabab bo‘lgan, Shtatning Chandertal tumanida 200 dan ortiq mahalliy aholi jabrlangan.

Xabar qilinishicha, noqulay ob-havo mahallalarga, transport vositalariga va turli inshootlarga, jumladan, Mandi va Larji tumanlaridagi 50 yillik ko‘prikka jiddiy zarar yetkazgan.

Yakshanba kuni poytaxtda maksimal yog‘ingarchilik qayd etildi. Nyu-Dehli va bir qancha shahar atrofidagi barcha maktablar yopildi.

Rasmiylar xususiy kompaniyalarga suv bosgan yo‘llarda tirbandlik yuzaga kelmasligi uchun imkon qadar xodimlarga uydan ishlashni maslahat bermoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring