Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hindistonda noma’lum kasallikka nima sabab bo‘lgan? Bayonot berildi

Hindistonda noma’lum kasallikka nima sabab bo‘lgan? Bayonot berildi

Foto: «Reuters»

Hindistonda noma’lum kasallik tarqab, bir odam vafot etgani, 300 dan ortiq bemor kasalxonalarga yotqizilgani haqida xabar bergandik. Andhra-Pradesh shtati bosh vaziri devonxonasi sog‘liqni saqlash bo‘yicha mutasaddilari ma’lum qilishicha, kasallikka qo‘rg‘oshin yoki nikeldan zaharlanish sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.

Yuqoridagi moddalar suv va sut tarkibida aniqlangan.

«Kasallikka aynan nima sabab bo‘lgani bo‘yicha batafsil axborot markaziy idoralar yakuniy xulosa berganidan so‘ng taqdim etiladi. Hozircha tasdiqlangan ma’lumotlarga ko‘ra, kasallikni qo‘rg‘oshindan zaharlanish uyg‘otgan», — dedi shtat rahbari o‘rinbosari Alla Kali Krishna Shrinivas.

Qo‘shimcha tadqiqotlar natijalari ham tez orada ma’lum bo‘ladi.

Bosh vazir bemorlar organizmida og‘ir metallar mavjudligini jiddiy tekshirib ko‘rish va davolanish jarayoni nazoratini kuchaytirish bo‘yicha topshiriq bergan.

Eslatib o‘tamiz, favqulodda vaziyat Hindiston janubidagi Andhra-Pradesh shtatining Eluru shahrida yuzaga kelgandi. Kasalxonalarga noma’lum kasallik simptomlari mavjud bemorlar kelishi 5-dekabrdan boshlangan. 6-dekabr kechki paytga kelib, bunday bemorlar soni 315 nafarga yetgan. Kasallanganlarning 46 nafari bolalar, 70 nafari ayollar bo‘lgan. Bemorlarda behushlik, bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i va tutqanoq alomatlari kuzatilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring