Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hindistonda muz qulab tushishi natijasida 150 dan ortiq odam bedarak yo‘qoldi

Hindistonda muz qulab tushishi natijasida 150 dan ortiq odam bedarak yo‘qoldi

NDTV kanalining xabar berishicha, Hindistonning Uttarakxand shtatida muz qulab tushishi natijasida 150 dan ortiq odam bedarak yo‘qolgan.

Ularning aksariyati Rishiganga GESi ishchilari bo‘lgan.

Hozirda Hindiston-Tibet chegara politsiyasining ikki jamoasi va tabiiy ofatlarga qarshi kurashish milliy kuchlarining uch jamoasi favqulodda vaziyat joyiga yuborilgan.

Ulkan muz bo‘laklari tog‘li Himoloy daryosi Alaknanda va Dxauliganga hududi bo‘ylab tushib, baland tog‘larda toshqinlarni keltirib chiqargan. Zararni oldini olish uchun Srinagar, Rishikesh va Xaridvar shaharlarida quyi oqimda joylashgan gidroelektrostansiyalar suvni favqulodda chiqara boshlagan.

Rasmiylar ushbu hududda, shuningdek, daryo yaqinidagi aholi punktlarida amalga oshirilayotgan avtomobil va temir yo‘l ko‘prigi loyihalarida ishchilar xavfsizligidan qo‘rqishadi. Suv toshqini bilan bog‘liq holda, hokimiyat gidroelektr stansiyasi ostida joylashgan aholi punktlarini evakuatsiya qilishni boshlagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring