Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hindistonda ilk bor «yashil mog‘or» kasalligi aniqlandi

Hindistonda ilk bor «yashil mog‘or» kasalligi aniqlandi

Hindistonda ilk bor «yashil mog‘or» bilan kasallanish holati qayd etildi. Bu haqda Shri Aurobindo tibbiyot fanlari instituti doktori Ravi Dozi The Times of India nashriga ma’lum qilgan.

Holat Hindistonning Madxya-Pradesh shtatida qayd etilgan. Bu zamburug‘ kasalligining yana bir turi: uning boshqa turlari - «qora», «oq» va «sariq» mog‘or (mukormikoz) — allaqachon o‘n minglab odamlarda qayd etilgan.

«Yashil mog‘or» koronavirus bilan kasallanganidan keyin kasalxonaga yotqizilgan 34 yoshli bemorda topilgan. Unga 90 foiz o‘pka shikastlanishi tashxisi qo‘yilgandi. «Bemorning o‘pkasida yashil mog‘or infeksiyasi aniqlandi. Bu Madxya-Pradeshda yashil mog‘or bilan birinchi kasallanish holatidir. Ammo butun mamlakat bo‘yicha bir narsa deyishim qiyin», — deydi Dozi.

11 iyun kuni Hindistonda qora mog‘or bilan kasallanish sonining o‘sishi so‘nggi uch hafta ichida 150 foizni tashkil etgani haqida xabar berilgan. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring