Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hindistonda dafn marosimida tirilgan odam vafot etdi

Hindistonda dafn marosimida tirilgan odam vafot etdi

Foto: «Samayam»

Hindiston fuqarosi dafn etishga hozirlik ko‘rayotgan paytda o‘ziga keldi, deya xabar berdi mahalliy «Samayam» gazetasi.

Hodisa Chittur hududida sodir bo‘lgan. Mahalliy qishloqlardan birida daraxt tagida hushsiz yotgan erkakni topishgan. U ikki kun qimirlamasdan yotgan.

Mahalliy aholi bu haqda mutasaddilarga xabar bergan. Ular kelib tekshirishgach, erkakning vafot etganini qayd etishgan.

Odamlar uni qishloq chekkasiga dafn etishni rejalashtirishgan. Biroq ko‘mishga tayyorgarlik ko‘rishayotgan paytda u ko‘zini ochib, o‘tirgan. Uni shu zahoti shifoxonaga yetkazishgan. Keyinchalik nashrning ma’lum qilishicha, bir kundan keyin u hayotdan ko‘z yumgan.

Mahalliy politsiyasi tergov harakatlarini olib bormoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring