Hindiston sohillari yaqinida xavfli yuk ortilgan kema cho‘kib ketdi

Xavfli yuk ortilgan MSC ELSA 3 konteynerlar tashuvchi kemasi Hindistonning Kochi shahriya sohili yaqinida cho‘kib ketdi, deb xabar berdi ND TV.
Liberiya bayrog‘i ostida suzayotgan kema ekipajining barcha a’zolari qutqarilgan.
«Kemaning 24 kishilik ekipaji bir rossiyalik (kapitan), 20 nafar filippinlik, ikki ukrainalik va bir gruzindan iborat bo‘lgan», — deyiladi xabarda.

Kema bortida jami 640 ta konteyner bo‘lib, shundan 13 tasiga xavfli yuk, 12 tasiga kalsiy karbid joylangan. Bundan tashqari, kemada 84,44 tonna dizel yonilg‘isi va 367,1 tonna mazut bo‘lgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter