Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hindiston Pokistonga oqib o‘tuvchi suv oqimini to‘xtatdi

Hindiston Pokistonga oqib o‘tuvchi suv oqimini to‘xtatdi

Kashmirdagi teraktdan so‘ng Hindiston Pokiston bilan 1960-yilda imzolangan Indus suv bitimini to‘xtatdi.

Ma’lum bo‘lishicha, Hindiston Chenab daryosidagi Baglihar to‘g‘onidan Pokistonga oqib o‘tadigan suv oqimini to‘xtatgan. Shuningdek, Jhelum daryosidagi Kishanganga to‘g‘onidan ham suv berishni to‘xtatishni rejalashtirmoqda.

Mazkur harakat Hindiston tomonidan Pokistonga oldindan ogohlantirishsiz amalga oshirilgan. Pokiston tashqi ishlar vazirligi Hindistonning bu qarorini keskin tanqid qilib, zarur hollarda javob choralari ko‘rilishini ma’lum qildi.

Ma’lumot uchun, Indus suv bitimi 1960-yilda Jahon banki ko‘magida imzolangan bo‘lib, u ikki davlat o‘rtasida suv resurslarini boshqarish va taqsimlash tartibini belgilab bergan edi. Bitimga ko‘ra, G‘arbiy daryolar (Indus, Jhelum, Chenab) suvi asosan Pokistonga, sharqiy daryolar (Sutlej, Beas, Ravi) suvi esa Hindistonga ajratilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring