Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hindiston-Pokiston mojarosi: shu soatlarda nimalar ma’lum?

Hindiston-Pokiston mojarosi: shu soatlarda nimalar ma’lum?

Bugun tongda Pokiston armiyasi Hindiston  havo kuchlari tomonidan mamlakat hududiga raketa zarbasi berilgani haqida xabar tarqatgan edi.

Hindiston qurolli kuchlari ushbu harakatlarini «Pokistondagi terrorchilik infratuzilmasini nishonga olgan «Sindoor» operatsiyasi boshlangani» bilan izohladi.

Hindiston Mudofaa vazirligining xabar berishicha, boshlangan operatsiya davomida Pokiston hududidagi 9 ta obektga hujum qilingan.

Pokiston Hindiston zarbalari natijasida tinch aholi orasida 8 kishi halok bo‘lganini va 35 kishi yaralanini ma’lum qildi. Hindiston OAVsi esa operatsiyada kamida 12 terrorchi halok bo‘lgani va 55 nafari yaralangani haqida xabar tarqatgan.

Ayni paytda Pokiston havo hududini 48 soatga vaqtincha yopgan.

O‘z navbatida, Pokiston tomoni ham Hindistondagi nishonlarga javob raketa hujumlari uyushtirgan. Mamlakat bosh vaziri Hindistonning zarbalariga «mamlakat to‘liq kuch bilan javob berishga haqli» ekanini ta’kidladi.

Pokiston havo mudofaasi Hindistonning uchta samolyotini, jumladan, ikkita Rafale qiruvchisini urib tushirgani haqida ma’lumot berdi. Keyinroq Islomobod bu raqamlarni 5 taga yetkazdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring