Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hijob masalasi konstitutsiyaga kiritilmasa, referendum o‘tkazamiz – Erdo‘g‘on

Hijob masalasi konstitutsiyaga kiritilmasa, referendum o‘tkazamiz – Erdo‘g‘on

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on parlament Konstitutsiyaga tegishli tuzatishlarni qabul qilmasa, mamlakatda ayollarning hijob o‘rashi masalasi bo‘yicha referendum o‘tkazilishini istisno qilmadi. Bu haqda u 2-noyabr kuni parlamentda hukmron Adolat va taraqqiyot partiyasi (AKP) yig‘ilishida ma’lum qildi.

U Konstitutsiyaga tegishli o‘zgartirishlar paketi tayyorlanganini ta’kidladi. Hujjatni muhokama qilgandan so‘ng, agar kerak bo‘lsa, takliflar yakunlanishi mumkin. Shundan so‘ng loyiha parlamentga kiritiladi.

«Umid qilamizki, konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritish taklifi umumittifoq bilan qabul qilinadi. Agar bunga erishilmasa, biz boshqa qadamlarni tashlashga, jumladan, referendum o‘tkazishga ham tayyormiz», – deya uning so‘zlarini keltiradi Yeni Şafak nashri. 

Joriy yil 22-oktyabr kuni Erdo‘g‘on ayollarning hijob o‘rash huquqini mamlakat Konstitutsiyasida mustahkamlab qo‘yish masalasini umumxalq referendumiga qo‘yish imkoniyati ko‘rib chiqilishini e’lon qilgan edi.

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Konstitutsiyada maktablar, universitetlar va davlat muassasalarida hijob o‘rash huquqini mustahkamlab qo‘yishni taklif qilmoqda. 2013-yilgacha mamlakatda jamoft joylarida hijobda ko‘rinish taqiqlangan edi. Biroq amaldagi davlat rahbari bu cheklovning bekor qilinishiga erishdi.

«Qizlarimiz, opa-singillarimiz qalbidan bu og‘irlikni butunlay olib tashlash uchun ro‘mol o‘rash erkinligini e’lon qilishni taklif qilaman. Bu nima degani? Men buni konstitutsiyaviy kafolatga aylantiraylik, deyapman», – degan Turkiya rahbari.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring