Hech qachon bunchalik yaqin bo‘lganmas: NASA zondi Quyoshga yetay deb qoldi
«Parker Solar Probe» avtomatik zondi Quyoshga yetishiga 24 million kilometr qoldi, deya xabar berdi NASA.
Taqqoslash uchun: Quyoshga eng yaqin Merkuriy sayyorasi 57 mln. km., Yer esa 149,6 mln. km. masofada joylashgan.
Fazoviy agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, «Parker» hozir Quyosh tomon rekord darajadagi 340 ming km/soat tezlikda uchib ketyapti. Uning maqsadi Quyoshga 6 mln. km.gacha yaqinlashish, ya’ni Quyosh toji ichkarisigacha kirishdir. Missiya rejasiga ko‘ra, bu olamshumul voqea 2025-yilda sodir bo‘ladi.
«Parker» 2018-yilning avgust oyida, Yerning magnit maydonlari tutib olib qutb yog‘dularini hosil qiluvchi quyosh shamollari — ionlashgan zarralarni o‘rganish maqsadida uchirilgan edi.
Fazoviy zond quyosh shamollari mavjudligini 1958-yilda aniqlagan amerikalik olim Yudjin Parker nomiga qo‘yilgan.
Zond quyosh shamolini tasvirga olishga ham muvaffaq bo‘ldi:
Ushbu tadqiqotlar astronavtlar va kosmik texnikani quyosh nurlaridan samarali himoyalash tizimlarini ishlab chiqishda qo‘llaniladi. Bevosita «Parker»ning o‘ziga qaytadigan bo‘lsak, u Selsiy bo‘yicha 1370 darajagacha issiqqa turib bera oladigan himoya ekranlari bilan qoplangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter