Havodan suv oluvchi qurilma yaratildi
Amerikalik va janubiy koreyalik olimlar hamkorlikda hatto o‘rtacha namlik sharoitida ham havodan suv olish texnologiyasini ishlab chiqishdi. Quyosh energiyasida ishlovchi ushbu qurilma haqida «Cosmos» yozmoqda.
Tizim havo haroratining sutka davomida ko‘tarilib/pasayishlariga asoslangan, kechasi adsorbent (yutuvchan) material yuzasida to‘plangan namlikni yig‘ib oladi. Quyosh chiqishi bilan adsorbentdagi namlik yig‘uvchi plastina quyi soya tomonida to‘planadi.
Adsorbent sifatida temirning mikrog‘ovakli alyumofosfati — seolitdan foydalanilmoqda. Afzalliklari ko‘p, muhimi, arzon.
Tizimning samaradorligi chakkimas: sutka davomida bir kvadrat metr maydondan 0,8 litrgacha suv to‘playdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter