Hasanboy finalda yutqazdi. Yetti bokschimizdan to‘rt nafari oltin medal sohibi bo‘ldi

Avval xabar berganimizdek, Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida boks bo‘yicha «Gubernator kubogi» musobaqasi final janglari bo‘lib o‘tdi. Yakunlovchi janglarda yetti nafar bokschimiz ringga ko‘tarildi.
Turnirda -56 kgda Miraziz Mirzahalilov, -75 kgda Isroil Madrimov va -81 kgda Bektemir Meliqo‘ziyev, +91kgda Bahodir Jalolov finaldagi raqiblarini mag‘lubiyatga uchratib, oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Hasanboy Do‘smatov, Shahobiddin Zoirov, Shunqor Abdurasulov final jangida imkoniyatni boy berishdi va kumush medaliga sazovor bo‘lishdi.
Sanjar Tursunov, Iqboljon Xoldorov va Jasurbek Latipov turnirda bronza medal bilan taqdirlandi.
Shu tariqa «Gubernator kubogi»da O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari 4 oltin, 3 kumush va 3 bronza medalni qo‘lga kiritdilar.
Turnirda 4 oltin, 4 kumush va 3 bronzaga ega chiqqan Rossiya terma jamoasi umumjamoa hisobida birinchi bo‘ldi. O‘zbekiston terma jamoasi 2-o‘rinni band etdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter