Harbiy bokschilarimiz jahon chempionatini ikkinchi o‘rin bilan yakunladi
18-25-sentyabr kunlari Rossiya Federatsiyasi poytaxti Moskva shahrida harbiy bokschilar o‘rtasida navbatdagi jahon chempionati tashkil etildi. Unda dunyoning 36 mamlakatidan 292 nafar harbiy xizmatchi charm qo‘lqop ustalari ishtirok etib, g‘oliblik uchun o‘zaro kurash olib borishdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti xabar berdi.
O‘zbekiston Mudofaa vazirligi harbiy bokschilari jahon chempionatini umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinni egallash bilan yakunladilar. Vakillarimiz 7 ta medalni qo‘lga kiritishdi. Shularning 3 tasi oltin!
Terma jamoamiz safida quyidagi bokschilarimiz g‘olib va sovrindor bo‘lishdi:
Oltin medallar:
-60 kg: Shunqor Abdurasulov;
+91 kg: Lazizbek Mullojonov;
-75 kg: Mavluda Mavlonova.
Kumush medal:
-64 kg: Mujibillo Tursunov.
Bronza medallar:
-51 kg: Aziza Yoqubova;
-60 kg: Rayhona Qodirova;
-69 kg: Navbahor Hamidova.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter