Hakan Yasinoglu 278 soatdan keyin vayronalar ostidan qutqarildi

Turkiyaning Hatay viloyatida 45 yoshli erkak vayronalar ostida zilziladan 278 soat (11 kun) o‘tib, omon qoldi.
Hakan Yasinoglu Defne tumanida qulagan bino vayronalari ostidan chiqarildi.
Qidiruv-qutqaruv guruhi vayron bo‘lgan uy vayronalari ostida tirik odam borligini aniqladi.
Jabrlanuvchi kasalxonaga yotqizilgan.
Eslatib o‘tamiz, 6 fevral kuni Turkiyaning janubi-sharqida (mahalliy vaqt bilan 04.17 da – 7,7 ball va 13.24 da – 7,6 ball) ikkita kuchli zilzila sodir bo‘ldi.
Turkiya janubi-sharqida sodir bo‘lgan dahshatli zilzila qurbonlari soni 38 mingdan oshgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter