Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Habib otasidan qolgan meros haqida gapirdi

Habib otasidan qolgan meros haqida gapirdi

Yengil vaznda UFC sobiq chempioni Habib Nurmagomedov otasining merosi haqida fikr bildirdi.

«Ayni damda bizda UFC va Bellator’ning yengil vazn toifasi amaldagi chempionlari bor. Bu ajoyib. Ancha oldin bir yigit «biz hokimiyatni qo‘lga olish uchun shu yerdamiz», deganini eshitgandim. Biroq bu ishni biz qildik.

Bizning jamoadagi 12-13 kishi MMAda umumiy hisobda deyarli 300 ta g‘alaba qayd etgan. Bunga aqlbovar qilmaydi. Hech kim va hech qachon MMAda bunday natija ko‘rsata olmagan. Men baxtliman, chunki otam buning uchun qancha mehnat qilganini bilaman. U bizga qanchalik ishongani, o‘qitgani, yuklama bergani, barchasi yodimda. Hatto hozir ham uning merosi davom etyapti», — deydi Habib.

Habibning otasi va murabbiyi Abdulmannop Nurmagomedov 2020-yilning 3-iyulida koronavirus asoratlaridan vafot etgandi.

2021 yilning martida esa Habib Nurmagomedovg sportdan butkul ketishini e’lon qildi. Habib o‘zidan ajoyib rekord qoldirdi: faqat g‘alaba, bittayam mag‘lubiyat yo‘q (29-0).

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring