Gvardiola: Rodri maydonga qaytishga yaqin, ammo ehtiyotkorlik zarur

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola jarohatdan keyin tiklanayotgan Rodrining maydonga qaytishi borasida izoh berdi.
«Rodri mashg‘ulotlarga qaytganidan xursandmiz. Ammo u o‘yinda ishtirok etishi uchun shifokor va fizioterapevtning ruxsati kerak. Ular «u bir necha daqiqa o‘ynashi mumkin» degan paytda, u maydonga tusha boshlaydi.
Bu og‘ir jarohat edi. Biz unga qaytadan shikast yetkazishni istamaymiz. Shuning uchun ehtiyotkor bo‘lishimiz zarur», – dedi murabbiy.
Ma’lumot uchun, Rodri mavsum boshida tizzasidagi bog‘lamalarining uzilishi sabab uzoq muddatga safdan chiqqan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter