Gurbanguli Berdimuhamedov Shavkat Mirziyoyevni tabrikladi
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqot qildi.
Turkmaniston rahbari Prezidentimizni tavallud kuni bilan samimiy tabriklab, xalqimizga farovonlik tiladi.
Suhbat chog‘ida davlat rahbarlari o‘zaro manfaatli amaliy hamkorlikni kengaytirish masalalariga alohida to‘xtaldilar.
Eslatib o‘tamiz, prezident Shavkat Mirziyoyev bugun 63 yoshni qarshi oldi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter