Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Go‘sht, baliq, kartoshka, tuxum, guruch… QQSdan ozod etilgan oziq-ovqat mahsulotlari ro‘yxati e’lon qilindi

Go‘sht, baliq, kartoshka, tuxum, guruch… QQSdan ozod etilgan oziq-ovqat mahsulotlari ro‘yxati e’lon qilindi

Foto: «LinkedIn»

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan, sotuvi bo‘yicha aylanmasi qo‘shilgan qiymat solig‘idan (QQS) ozod etiluvchi oziq-ovqat mahsulotlari ro‘yxatini e’lon qildi.

Qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod etish bo‘yicha imtiyozlar O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilayotgan oziq-ovqat mahsulotlarining ulgurji va chakana savdosi uchun amal qiladi.

Ro‘yxatdan go‘sht (mol go‘shti, qo‘y go‘shti, parranda go‘shti), shuningdek, tirik qoramol va parranda, baliq, kartoshka, piyoz, tuxum, guruch (barcha navlar) hamda shakar joy olgan.

Qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod etish bo‘yicha imtiyoz non mahsulotlari ishlab chiqarish va sotishda ham qo‘llaniladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring