Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Google» yagona to‘lov servisini yaratadi

«Google» yagona to‘lov servisini yaratadi

Foto: «ITC.ua»

«Google» kompaniyasi «Android Pay» va «Google Wallet» kabi alohida to‘lov xizmatlarini yagona to‘lov servisiga birlashtirish rejasini ma’lum qildi. Ushbu servis «Google Pay» deya nomlanadi. Kompaniya bu orqali «Samsung Pay» va «Apple Pay»ga qarshi raqobatga kirishish niyatida, deb xabar berdi «ITC.ua».

Bu kabi birlashish mijozlarga kompaniyaning to‘lov vositalaridan foydalanishida keng imkoniyatlarni taqdim etishi lozim. Ma’lum qilinishicha, yangi servis «Google» qaydlarida bog‘langan bank ma’lumotlaridan foydalangan holda boshqa servis va kompaniyalarning mahsulotlari uchun to‘lovni amalga oshirish mumkin bo‘ladi.

«Chrome» brauzeri orqali esa uning yordamida saytlarda turli xaridlarni bajarish, «YouTube» uchun «obuna»ni to‘lash, «Android» dasturi orqali esa savdo nuqtalarida sotib olingan tovarlarni hisob-kitob qilish mumkin.

«Google»ning so‘zlariga ko‘ra, «Airbnb», «Dice», «Fandango», «HungryHouse» va «Instacart» kabi mobil dasturlar hozirdayoq «Google Pay»ni qo‘llab-quvvatlamoqda, qolgan sayt va dasturlar yaqin haftalarda ularga kelib qo‘shiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring