Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Google» O‘zbekistonda QQS to‘lashni boshladi

«Google» O‘zbekistonda QQS to‘lashni boshladi

Foto:«Hi-Tech Mail.ru»

Soliq kodeksi bilan 2020 yildan boshlab O‘zbekiston Respublikasi hududida jismoniy shaxslarga xizmatlarni elektron shaklda taqdim etadigan xorijiy kompaniyalari uchun qo‘shilgan qiymat solig‘ini (QQS) to‘lash joriy etilgandi.

Bunday kompaniyalarni ro‘yxatga olish uchun Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan maxsus xizmat – Internet-kompaniyalarning QQS-ofisi yaratildi.

Davlat soliq qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berishicha, QQS bo‘yicha birinchi to‘lov «Google Commerce Limited» kompaniyasi tomonidan amalga oshirildi. Kompaniya joriy yilning I choragi yakunlariga ko‘ra davlat budjetiga 85 ming yevro miqdorida mablag‘ to‘ladi.

Bugungi kunga qadar QQS-ofis orqali O‘zbekistonda 9 ta xorijiy kompaniyalar ixtiyoriy soliq to‘lovchi sifatida ro‘yxatdan o‘tdi. Ular:

- Google Commerce Limited;
- Google Ireland Limited;
- Google Voice Inc;
- Apple Distribution International Limited;
- Netflix International B.V.;
- Samsung Electronics Co., Ltd.;
- Sleverbridge AG;
- Xsolla (USA), Inc.;
- Activision Blizzard International BV

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring