«Google Chrome»da saytlarga parolsiz ro‘yxatdan o‘tish imkoni yaratildi
«Google» kompaniyasi «Chrome» brauzerining 67-versiyasini ishga tushirdi. Ushbu versiya aksariyat saytlarga parollarsiz ro‘yxatdan o‘tish imkoniyatini taqdim etadi. Kompaniya bu jihatdan veb-autentifikatsiyaning yangi standartini joriy etgan «Mozilla»dan keyin ikkinchi bo‘ldi, deb xabar beradi «TJournal».
Bundan tashqari «Chrome 67» versiyasida ilovalar o‘rtasidagi izolyasiyani ham yaxshilashgan: endi saytlar boshqa ilovalardan ma’lumot olishi qiyin bo‘ladi. Bu yangilik zamonaviy protsessorlar moyilligi bilan bog‘liq «Spectre» hujumi ekspluatatsiyasini bartaraf etish uchun kiritildi.
Veb-autentifikatsiyaning yangi standarti 2018-yilning mart oyida «FIDO» uzatmasi va «W3C» konsorsiumi bilan ishga tushirilgan edi. U barcha onlayn-servislarga eslab qolish mushkul bo‘lgan kamyob ma’lumotlar yordamida ro‘yxatdan o‘tish imkoni beradi. Bunday ma’lumotlar sirasiga barmoq izi va «USB-kalitlar» kiradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter