«Google» «Android» o‘rnini bosuvchi yangi amaliy tizimni sinovdan o‘tkaza boshladi

«Google» korporatsiyasi o‘z dasturchilariga yangi «Fuchsia» amaliy tizimini sinovdan o‘tkazishga ruxsat berdi, deya xabar qiladi «Hi-tech.mail.ru».
Kompaniya «Pixelbook»ka («Google»ning xususiy noutbuki) amaliy tizimni yuklab olish imkonini beruvchi hujjatni taqdim etdi.
«Fuchsia» ustida bir yilga yaqin ish olib borilgan. «Google» hamon amaliy tizim haqida batafsil ma’lumotlarni ochiqlaganicha yo‘q.
«The Verge»ning yozishicha, kompaniya nega yangi amaliy tizim ustida ish boshlagani tushunarsiz. «Fuchsia» balki «Chrome» va «Android» tizimlari birlashgan noutbuk — «Andromeda» loyihasining davomchisi bo‘lar. Ushbu loyiha amalga oshmasdan qolib ketgandi, buning o‘rniga «Google» «Android» dasturidan barcha xrombuklar foydalanishi mumkinligini ma’lum qilgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter