Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

G‘ofurjon Mirzayev boshchiligidagi guruh Toshkent viloyatida ish boshladi

G‘ofurjon Mirzayev boshchiligidagi guruh Toshkent viloyatida ish boshladi

Davlat rahbari topshirig‘iga muvofiq, yaqinda maslahatchi etib tayinlangan G‘ofurjon Mirzayev boshchiligidagi ishchi guruh, aholi bilan muloqotning yangi tizimi doirasida faoliyatini boshladi. Bunda Toshkent viloyatining og‘ir hududlaridan biri bo‘lgan Oqqo‘rg‘on tumani tajriba sifatida tanlab olingan.

Ayni kunlarda ishchi guruh tarkibiga kiritilgan 24 ta vazirlik va idora rahbarlaridan iborat guruh 4 ta sektor kesimida tumandagi 29 ta mahallada faoliyat olib bormoqda.
Ishchi guruhi tuman hududini mahallama-mahalla, uyma-uy yurib, har bir xonadonning sharoiti bilan tanishib, aholi muammolari va ijtimoiy-iqtisodiy masalalarini o‘rganib, ularni tezkor va samarali hal qilish choralarini ko‘rmoqda. Ushbu jarayonda asosiy e’tibor — og‘ir ijtimoiy ahvoldagi, yakka-yolg‘iz, boquvchisini yo‘qotgan insonlarni qiynayotgan masalalarga yechim topishga qaratilmoqda.

Ayni paytda  Oqqo‘rg‘on tumanining Yoshlik, Madaniyat, Jag‘alboyli, Suvti, Qo‘shtamg‘ali, Mustaqillik, Xonobod, Eltamg‘ali, Sulton Segizboyev, Tolovul mahallalaridagi 920 ta xonadon va 15 ta ijtimoiy soha ob’yekti o‘rganildi. Ularda aniqlangan 547 ta masalaning 76 tasi (13,8 foizi) hal qilindi, 471 ta masala bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi.

Shu bilan birga, muddat va mablag‘ talab qiladigan qator masalalarni kelgusi yil dasturlariga kiritish belgilandi.

Respublika ishchi guruhi o‘z faoliyatini davom ettirmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring