Glazgodan Myunxengacha 1 700 kilometr...
Shotlandiya terma jamoasining muxlisi Myunxen (Germaniya)gacha piyoda borishga qaror qildi. Futbol bo‘yicha 2024-yilgi Yevropa chempionati 14-iyun kuni «Alyans Arena»da Shotlandiya va Germaniya terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yin bilan ochiladi.
Shotland futbolsevari Shotlandiya, Angliya, Niderlandiya, Belgiya, Lyuksemburg va Germaniya bo‘ylab 1 700 kilometr masofani yayov bosib o‘tadi. Uni milliy kiyimi — kilt orqali tanib olish mumkin. Qolaversa, u yo‘l-yo‘lakay ruhiy salomatlikka ko‘maklashuvchi xayriya jamg‘armasiga pul yig‘ib berishni niyat qilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter