Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Gaitida prezident o‘limining ehtimoliy tashkilotchilaridan biri ushlandi

Gaitida prezident o‘limining ehtimoliy tashkilotchilaridan biri ushlandi

Gaiti hukumati prezident Jovenel Moizega qarshi suiqasd tashkilotchilaridan biri hibsga olinganligini e’lon qildi.

Bu haqda Acento agentligi Milliy politsiya bosh direktori Leon Sharlga asoslanib xabar qilmoqda.

«Uyushgan to‘daning hujumi to‘xtatilganda, ular birinchi bo‘lib qo‘ng‘iroq qilgan kishi Emmanuel Sanon edi», deydi Sharl.

Politsiya boshlig‘ining so‘zlariga ko‘ra, jinoyatga siyosiy sabablar bo‘lgan. Huquqni muhofaza qilish idoralari xodimlari Sanon bilan aloqada bo‘lgan yana ikkita guruh a’zosini qidirmoqdalar. Hozircha ularning ismlari oshkor qilinmagan.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, Emmanuel Sanon AQShda joylashgan Venesuela xavfsizlik kompaniyasi bilan bog‘lanib, hozirda Moizeni o‘ldirishda ayblanayotgan kolumbiyaliklarni yollashni tashkil qilgan.

Sanon Gaitiga shaxsiy reys bilan o‘z xavfsizligi uchun yollagan bir nechta Kolumbiya fuqarolari hamrohligida kelgan. Uning shaxsiyati haqida qo‘shimcha ma’lumot berilmagan.

Keyinchalik «missiya o‘zgarib ketdi» va kolumbiyaliklardan biriga prezidentni hibsga olish to‘g‘risida order berilgan. «Operatsiya mana shundan boshlangan»,- dedi Sharl.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring