Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

OAV: Gaiti prezidentining qotillari — nafaqadagi askarlar

OAV: Gaiti prezidentining qotillari — nafaqadagi askarlar

Kolumbiyaning iste’fodagi askarlari Gaiti prezidenti Jovenel Moizeni o‘ldirishda gumon qilinmoqda. Bu haqda Kolumbiya mudofaa vaziri Diego Molano Apontega asoslanib RIA Novosti ma’lum qildi.

«Interpol rasmiy ravishda Kolumbiya hukumati va Milliy politsiyadan Gaiti prezidenti Jovenel Moizega nisbatan suiqasd etganlikda gumon qilingan shaxslar to‘g‘risida ma’lumotlarni so‘radi. Dastlabki ma’lumotlar shuni ko‘rsatadiki, ular Kolumbiya fuqarolari, Milliy armiyaning nafaqaga chiqqan a’zolari». - deya yozadi vazir o‘zining Twitterdagi murojaatida.

Alontening so‘zlariga ko‘ra, politsiya va armiyaga tergov bilan hamkorlik qilish buyurilgan.

Gaiti huquqni muhofaza qilish idoralari ilgari prezident Jovenel Moizega suiqasd qilishda 28 gumonlanuvchini aniqlaganliklari haqida xabar berishgan. Ulardan 26 nafari Kolumbiya fuqarolari bo‘lgan. Politsiya boshlig‘ining so‘zlariga ko‘ra, 17 jinoyatchi qo‘lga olingan.

Eslatib o‘tamiz Gaiti prezidenti chorshanba kuni kechqurun o‘z qarorgohiga qilingan hujum oqibatida olamdan o‘tgan edi. Uning rafiqasi Martin Moizning ahvoli og‘ir. Gaiti hukumati prezidentga suiqasdda gumon qilinayotganlar hibsga olingani haqida e’lon qilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring