Futzal. Vetnam terma jamoasi bosh murabbiyi: «O‘zbekiston «Osiyoning eng kuchli jamoalaridan biri»
Futzal bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Osiyo chempionati chorak finalida Vetnamga qarshi bahs olib borishi haqida xabar berilgandi. Bugun, 7-fevral kuni 1/4 final bellashuvi oldidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Bahodir Ahmedov bo‘lajak bellashuv oldidan quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi.
Avvalo, chorak finalga qadar yetib kelgan jamoalarni tabriklayman. Vetnam shakllangan jamoaga ega ekanini, yaxshi o‘ynashini bilaman. Bo‘lajak raqib bilan Turkmanistonda Yopiq inshootlardagi Osiyo o‘yinlarida bahslashganmiz. O‘shanda ham chorak finalda ro‘baro kelib, 2:0 hisobida g‘alaba qozonganmiz.
Ertangi o‘yinga a’lo darajada tayyorlanib, maydonda bor kuchimizni beramiz. Yillar davomida to‘plangan tajriba bizga ko‘mak beradi. Biroq, oldingi o‘yinlar tarixda qoldi, hozir yangi o‘yinlar haqida o‘ylash kerak.
Bahodir Ahmedov.
Vetnam terma jamoasi bosh murabbiyi Migel Rodrigo ham O‘zbekistonga qarshi o‘yin oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
«O‘zbekiston terma jamoasi Osiyoning kuchli jamoalaridan biri sanaladi. Jamoa 2010 yildan buyon sovrinli o‘rinlarni egallab kelmoqda. Raqibning yillar davomida to‘plagan ushbu tajribasi ularga ustunlik beradi. Biz himoyani mustahkam ushlashimiz lozim. Bo‘lajak o‘yinda hech kimga oson bo‘lmaydi», – dedi Migel Rodrigo.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter