Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Frankfurt yarmarkasi – o‘zbek mualliflari uchun yangi eshiklar ochilyapti

Frankfurt yarmarkasi – o‘zbek mualliflari uchun yangi eshiklar ochilyapti

Bugun, 16-iyun kuni, O‘zbekiiston Milliy kutubxonasida Frankfurt kitob yarmarkasi vakillari tomonidan o‘zbekistonlik nashriyotchilar, tarjimonlar va matbaa sohasi vakillari uchun maxsus seminar tashkil etildi.

Tadbir davomida nashr sohasidagi xalqaro tajriba, Frankfurt yarmarkasining imkoniyatlari hamda o‘zbek kitob mahsulotlarini jahon bozoriga olib chiqish yo‘llari muhokama qilindi.

Seminarda Germaniyadan tashrif buyurgan mutaxassislar ishtirok etdi. Ular yarmarkaga tayyorgarlik, ariza topshirish jarayoni, hamkorlik va moliyalashtirish yo‘nalishlarida ma’lumotlar bilan o‘rtoqlashdi.

Tadbir yakunida ishtirokchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, o‘zbek kitob industriyasi vakillariga xalqaro ko‘rgazmalarda ishtirok etishning amaliy tomonlari tushuntirildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring