Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Forbes» dunyoning eng nufuzli ayollari reytingini e’lon qildi

«Forbes» dunyoning eng nufuzli ayollari reytingini e’lon qildi

Foto: «Thestateofwomen.com»

«Forbes»ning yozishicha, o‘n yettinchi marta tuzilayotgan sayyoramizning eng nufuzli 100 ayoli reytingiga dunyoning 30 mamlakatida istiqomat qiluvchi ayollar kiritilgan. Ular orasida 10 ta davlat rahbari, 38 ta kompaniya bosh direktori va 5 ta ko‘ngilochar soha vakillari bor.

Xabarga ko‘ra, ro‘yxatdagi birinchi o‘rinni o‘n yildirki Germaniya kansleri Angela Merkel egallab kelmoqda. Ikkinchi pog‘onadan ketma-ket ikki yildan beri Yevropa Markaziy banki rahbari Kristin Lagard joy olmoqda. Uchinchi o‘rin AQSh vitse-prezidentligiga nomzod Kamala Xarrisga nasib etgan.

Reyting ishtirokchilarining ba’zilari, ayniqsa, koronavirusga qarshi samarali choralari bilan ajralib turishdi, deya ta’kidlaydi «Forbes». Yangi Zelandiya Bosh vaziri Jasinda Ardern (23-o‘rin) «qat’iy lokdaun va karantin choralari yordamida virusning birinchi va ikkinchi to‘lqinlarini yengdi». Tayvan ma’muriyati rahbari Say Inven (37-o‘rin) «yaqin aloqalarni kuzatishni» tashkil etishi natijasida orolda atigi yettita o‘lim holati qayd etildi.

Reytingdan, shuningdek, milliarder Bill Geytsning rafiqasi Melinda (5-o‘rin), YouTube rahbari Syuzen Voyjitski (13-o‘rin), Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II (46-o‘rin), dunyodagi eng boy odam Jeff Bezosning sobiq rafiqasi Makkenzi Skott (67-o‘rin) va xonanda Rianna (69-o‘rin) joy olgan.

Rossiya Federatsiyasi Markaziy banki rahbari Elvira Nabiullina uchinchi bor «Forbes» talqiniga ko‘ra dunyoning eng nufuzli 100 ayolidan biri bo‘ldi. Bu yil u reytingdagi 53-o‘rinni egalladi.

«Rossiyaning reytingdagi yagona vakili uchinchi yil ketma-ket Markaziy bank raisi Elvira Nabiullina hisoblanadi. Bir yil ichida u 57-pog‘onadan 53-o‘ringa ko‘tarilib oldi», — deb yozadi «Forbes».

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring