Floridaga yaqinlashayotgan «Milton» to‘foni eng yuqori darajagacha kuchaydi
AQShning Florida shtatiga yaqinlashayotgan «Milton» to‘foni Saffir-Simpson shkalasi bo‘yicha eng yuqori — beshinchi darajagacha kuchaydi. Bu haqda mamlakat to‘fonlarni kuzatish milliy markazi (NHC) xabar berdi.
«Milton» sharq tomon 14,5 km/soat tezlikda harakatlanmoqda. Shamolning tezligi 287 km/soatga yetgan.
Meteorologlar dovul Florida sohilbo‘yi hududlari uchun halokatli bo‘lishi ehtimolidan ogohlantirishmoqda. Ertaga, 9-oktyabr kuni kuchli bo‘ron Meksika ko‘rfazi bo‘yidagi aholisi ko‘p Tampa (Florida) shahriga yopirilishi kutilmoqda.
O‘n kun avval Floridaga «Helen» to‘foni yopirilib, o‘nlab odamlar qurbon bo‘lgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter