Firibgar qarmog‘iga ilingan «investor» 240 mln. so‘midan ajraldi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yunusobod tumani bo‘limi tomonidan tadbirkorlik sub’yektlarining qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazildi.
Unda, fuqaro X.A. fuqaro S.R.ga o‘zini «F» MChJ xodimi deb tanishtirib, unga mazkur jamiyatga investitsiya sifatida mablag‘ kiritilsa, katta miqdorda foyda olishi haqida ishontirib, uning ishonchiga kiradi. So‘ng 240 mln. so‘mini qo‘lga kiritib, firibgarlik yo‘li bilan o‘zlashtirib yuboradi.
Bosh prokuratura matbuot xizmati xabariga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan X.A.ga nisbatan JKning tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter