«FinTech & VR» Xakatoniga arizalar qabuli boshlandi: G‘oliblarga 3 oylik bepul Akseleratsiya va qimmatbaho sovg‘alar
O‘zbekiston Respublikasi TIF Milliy banki qo‘llab-quvvatlashi va tijorat banklari, moliya texnologiya kompaniyalari hamkorligida Bank-moliya akademiyasi tomonidan professional mutaxassislar va IT sohasiga qiziquvchi yoshlar o‘rtasida o‘tkaziladigan «FinTech & VR» Xakatoniga arizalar qabul qilish boshlandi.
Xakaton – ma’lum vaqt mobaynida dasturchilar biror loyiha ustida ishlashi ko‘zda tutilgan tadbir. Bugungi kunda jahon dasturchilari, dasturiy mahsulotlar ishlab chiquvchi kompaniya hamda ta’lim muassasalari xakaton tashkil etishadi, bu shunchaki dasturlashtirish sohasidagi musobaqa hisoblanadi. Virtual reallik (VR) va moliyaviy texnologiyalar (FinTech) ekspertlar tomonidan IT da eng istiqbolli yo‘nalishlar sifatida tan olinmoqda.
Xakatonning asosiy maqsadi raqamli texnologiyalarga qiziqishni orttirish va IT sohasidagi yetuk mutaxassislarni tanlab olishni nazarda tutadi.
Xakatonda maktab o‘quvchilari, oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari, professional mutaxassislar va o‘quv yurtlaridagi 15 yoshdan yuqori IT sohasiga qiziquvchilar ishtirok etishi mumkin.
Xakaton joriy yilning 2-3 oktyabr kunlari onlayn formatda Zoom platformasida bo‘lib o‘tadi.
Ro‘yxatdan o‘tish 2021 yilning 30 sentyabriga qadar quyidagi havola orqali amalga oshiriladi.
Xakaton bo‘yicha asosiy ma’lumot:
- 2-oktabr soat 10.00 da boshlanadi va 3-oktabr soat 17.00 da tugaydi (onlayn)
- 5 kishilik jamoalar Hakamlar tomonidan qo‘yilgan vazifalarni yechadilar;
- Jamoalar ishi yakunida MVP taqdim qilishlari lozim (MVP – minimal ishlovchi dasturiy mahsulot).
G‘olib jamoalar qimmatbaho sovrinlar va eng asosiysi – Avstraliya, AQSh, Germaniya, Rossiya va Qozog‘istonlik tajribali mentorlari ishtirokida 3 oylik Akseleratsiya dasturida bepul ishtirok etadi.
Shuningdek dasturda muvaffaqiyatli qatnashgan 5-6 startaplarga chet el sarmoyasi jalb qilinishi ko‘zda tutilgan.
Batafsil ma’lumot va savollarga javoblarni Telegram’da @bfa_ba_bot manzili orqali olishingiz mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter