Filippinda kuchli yomg‘ir natijasida dahshatli suv toshqini yuz berdi. Qurbonlar bor (foto)
Bugun Filippindagi kuchli yomg‘ir natijasida yuzaga kelgan suv toshqinlari oqibatida kamida 32 kishi halok bo‘ldi, yana 24 kishi bedarak yo‘qolgan. Bu haqda TASS axborot agentligi xabar berdi.
Xavflarning oldini olish va tabiiy ofatlarni bartaraf etish milliy kengashining ma’lumotlarga ko‘ra, suv toshqinlari mamlakatning 10 ta hududida sodir bo‘lmoqda. Bundan 486,4 mingdan ortiq kishi jabrlangan.
Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, 150 ta evakuatsiya markazida 101,6 ming kishi ko‘chirilgan. Kamida 1,42 ming kishi uyini oldindan tark etgan, 11 kishi turli darajada tan jarohati olgan. Respublikaning to‘qqizta viloyatida tabiiy ofat bilan bog‘liq 418 ta hodisa, jumladan, suv toshqinlari va ko‘chkilar qayd etilgan.
Suv toshqini 3,32 ming uyga zarar yetkazgan. Hozircha yetkazilgan zarar miqdori 744,2 ming dollarni tashkil qilmoqda. Bundan tashqari, 43 ta infratuzilma ob’yektiga yetkazilgan zarar 51,5 million peso (916,8 ming dollar), qishloq xo‘jaligiga yetkazilgan zarar 208,5 million peso (3,7 million dollar)ga baholanmoqda.
Suv toshqinlari 125 ta yo‘l va 13 ta ko‘prikni vayron qilgan, 19 ta dengiz portiga zarar yetkazgan. 63 ta shaharda elektr ta’minotidagi uzilishlar qayd etilgan.
67 ta shahar va 71 ta munitsipalitetda ta’lim muassasalarida darslar va korxonalarda ishlash to‘xtatildi. 20 ta aholi punktida favqulodda holat joriy etilgan. Hukumat yordam uchun 49,4 million peso (879,1 ming dollar) ajratgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter