Farhod Ibragimov: «Biz kriptovalyutalar bilan shug‘ullanmaymiz»
Bugun, 22-may kuni Toshkentdagi INHA universitetida #MITCROADMAP2018 anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda axborot texnologiyalari sohasiga doir bir qator muhim o‘zgarishlar va rejalar haqida ma’lumotlar berildi.
Konferensiyada so‘zga chiqqan «Mirzo Ulugbek Innovation Center» direktori Farhod Ibragimov MUIC qoshida tashkil etilayotgan Taqsimlangan reyestr (blokcheyn) texnologiyalar bo‘yicha vakolatli markazning asosiy vazifalari haqida gapirdi.
«Markazda blokcheyndan foydalanish bo‘yicha xalqaro tajribalar, uni davlat xizmatlari sohasiga joriy qilish vositalari o‘rganiladi. Bu davlat xizmatlari shaffofligini oshirish, shaxsiy ma’lumotlar xavfsizligini ta’minlash va davlat xizmatlari ko‘rsatishda korrupsiya holatlarini bartaraf etish imkonini beradi» — dedi Farhod Ibragimov.
Markaz direktori, shuningdek, yaqinda internet-nashrlarda paydo bo‘lgan «O‘zbekistonda kriptovalyuta legallashtiriladi, markaz shu ish bilan shug‘ullanadi», qabilidagi mish-mishlarga ham to‘xtalib o‘tdi.
«Bunga ishonmangizlar, — dedi u. — Rasman ma’lum qilaman: biz kriptovalyutalar bilan shug‘ullanmaymiz».
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter