Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Farg‘onada IIB xodimi o‘zini otib qo‘ydi

Farg‘onada IIB xodimi o‘zini otib qo‘ydi

Foto: «Xabar.uz»

Toshloq tumanida profilaktika inspektori tabel quroli bilan o‘zini bosh qismidan jarohatlagan.

Ma’lum bo‘lishicha, Toshloq tumani IIB profilaktika inspektori katta leytenant A.U. joriy yilning 5 dekabrda tungi xizmatdan chiqib, tuman IIBda o‘tkazilgan ertalabki yo‘riqnomaga kelmagan hamda u bilan bog‘lanishning imkoni bo‘lmagan.

O‘tkazilgan surishtiruv ishlari davomida katta leytenant A.U. yashash xonadonidan taxminan 3 km uzoqlikdagi Besarang qishlog‘i hududidan oqib o‘tuvchi «Katta Farg‘ona» kanali yoqasidagi yo‘lining chetida, o‘ziga tegishli bo‘lgan «Spark» rusumli avtomobilida o‘ziga biriktirilgan PM tabel quroli bilan bosh qismidan jarohatlangan, koma holatda topilgan va zudlik bilan tibbiy muassasaga joylashtirilgan.

Aniqlanishicha, xodim, ijtimoiy tarmoqlarning «1xbet» ilovasidan foydalanib, joriy yilning avgust oyida 45 mln. so‘m yutqazganligi uchun, qarzdorlik muammosi hal etilib, intizomiy tartibda jazolangan hamda viloyat IIB qoshidagi Intizomiy kengashning nazoratida bo‘lgan.

Hozirda holat viloyat prokuratura organlari tomonidan o‘rganilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xorazmda IIB xodimi pistolet bilan o‘zini o‘zi otib, vafot etgani xabar qilingandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring