Farg‘onada 22 yoshli ayol o‘zini Katta Farg‘ona kanaliga tashlab, cho‘kib ketdi
Farg‘onada eri bilan janjallashib qolgan 22 yoshli ayol o‘zini Katta Farg‘ona kanaliga tashlab, cho‘kib ketgan. Hozirda qidiruv-qutqaruv ishlari olib borilmoqda, deb xabar bermoqda «Daryo».
Ma’lum qilinishicha, 2021 yilning 4 iyul kuni soat taxminan 16:30 da Toshloq tumani «Ko‘lariq» MFY Beklar ko‘chasida yashovchi, 1999 yilda tug‘ilgan fuqaro B.M. Katta Farg‘ona kanalining Toshloq tumani «Xonaqa» MFY hududidan oqib o‘tuvchi qismida cho‘kib ketgan.
Surishtiruv davomida aniqlik kiritilishicha, fuqaro B.M. turmush o‘rtog‘i S.X. bilan o‘zaro janjallashib qolgan. Shundan so‘ng jahl ustida yashash xonadoniga yaqin bo‘lgan Katta Farg‘ona kanaliga o‘zini tashlab yuborgan.
Hozirda Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari tomonidan qidiruv ishlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter