Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Farg‘ona viloyati hokimiga o‘rinbosar tayinlandi

Farg‘ona viloyati hokimiga o‘rinbosar tayinlandi

Foto:«O‘zA»

Saidmurod G‘ulomovich Aminjonov Farg‘ona viloyati hokimining o‘rinbosari — mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

S. Aminjonov viloyat hokimligining tashkiliy nazorat guruhi rahbari, Dang‘ara tumani hokimi lavozimida ishlagan.

Shuningdek, viloyat Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosarlari ham tayinlandi.

Xususan, boshqarma boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimiga Komilaxon Kavlonova hamda boshqarma boshlig‘i o‘rinbosarlari lavozimiga Dilmurod Asqarov va Topvoldi Xoldorov tayinlangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring